16:08 / 10.03.2025
32

Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlari onalarni bayram bilan tabriklamoqda

Qoraqalpog‘istonda MIB xodimlari onalarni bayram bilan tabriklamoqda
Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami keng turda nishonlanayotgan bo‘lib, har bir ayol kishini bayram munosabati bilan tabriklash, ularni bayram tadbirlariga taklif etish ishlari har bir sohada amalga oshirilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlari ham hududlardagi aliment oluvchi ijtimoiy yordamga muhtoj onalarni “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tabriklamoqda.

Tadbir davomida, xodimlarimiz yordamga muhtoj onalarning xonadonida bo‘lib, ularni bayram bilan tabriklab, farzandlariga qiziqarli va foydali kitoblar sovg‘a qilishmoqda.

Bu esa o‘z navbatida, farzandlarning ma’naviy yetuk va komil inson bo‘lib shakllanishiga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat