
Yangi qurilgan oila turmush mashaqqatlari, taqdir zarbalari bilan mustahkamlanadi va toblanadi.
Bu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlargina baxtli hayot kechiradi. Halovat topadi. Ammo o‘ta olmaganlar qoqiladi. Muammolar girdobida qoladi.
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Rishton tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 07.08.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor K.M.dan undiruvchi A.B.ning foydasiga 1 nafar farzanlari ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.
Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi va qarzdor sud qarori bilan tanishtirildi hamda barcha vujudga keluvchi huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Bundan tashqari, Byuro xodimlarining olib borgan tushuntirishlari va say’-harakatlari natijasida ushbu oilaning yarashuviga erishildi hamda aliment to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjati undiruvchining arizasiga binoan tamomlandi.
Endi ular mustaqil yurtimizning mustahkam qo‘rg‘onlari sanaladi. Bunday xayrli ishlarda bolajonlarimizning quvonchi cheksiz.
Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz. Bunday xayrli ishlar davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar