11:35 / 14.03.2025
58

Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin

Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin
Prezident tomonidan «Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Hujjat bilan aholining fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Jumladan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning video-konferens-aloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning video-konferens-aloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil video-konferens-aloqa tizimidan foydalaniladi.

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning video-konferens-aloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlayotgan sud ushbu shaxslarning kelgan-kelmaganligini tekshiradi va kelgan shaxslarning shaxsini aniqlaydi. Video-konferens-aloqa rejimidagi sud majlisida mobil video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni ko‘rayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda aniqlanadi.

Tegishli o‘zgartirishlar Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat