15:14 / 15.03.2025
62

Jizzaxda 17 nafar tibbiyot xodimlarining haq-huquqlari tiklandi

Jizzaxda 17 nafar tibbiyot xodimlarining haq-huquqlari tiklandi
Har bir ishchi-xodim ish joyida oila boqish va ro‘zg‘or tebratish ilinjida mehnat qiladi. Ammo, ayrim korxona rahbarlari shaxsiy adovat yoki boshqa sabablarga ko‘ra xodimlarning oyligini o‘z vaqtida to‘lash mas’uliyatini his qilmaydilar. Natijada, xodimlar o‘z fuqarolik huquqlaridan foydalanib, sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladilar.

Majburiy ijro byurosi tomonidan Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasidan muqaddam hisoblangan, biroq to‘lanmagan 17 nafar tibbiyot xodimining to‘lanmagan 71 mln. so‘mlik oylik ish haqlari ko‘rilgan keskin choralar natijasida undirib berildi.

Tibbiyot birlashmasi kelgusida bunday ortiqcha xarajat va xodimlarning ovoragarchiligiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Xodimlarning o‘z vaqtida oylik maoshini olib turishi, ularning oilasi farovonligi va ishga bo‘lgan munosabatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat