
Voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sud qaroriga asosan aliment undiriladi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qaroriga asosan fuqaro M.K.dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Qarzdor aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashirinib yurganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor topilib, javobgarlik masalasini hal etish jarayonida 99.922.000 so‘m aliment qarzi to‘liq undirildi.
Byuro tomonidan voyaga yetmagan shaxslar manfaati alohida nazoratga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar