
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida bir necha bor o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro tanishi, Toshkent viloyatida yashovchi jinoiy sherigi bilan til biriktirgan. Ular 27 fevral kuni Oqoltin tumanida joylashgan kompyuter qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga yashirincha kirib, 51 mln 160 ming so‘mlik tovarlarni o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur buyumlarni arzon narx evaziga sotib yuborgan. Shundan keyin ham ular yana jinoyat qilishga uringan.
Ular 13 mart kuni o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinada Oqoltin tumanidagi kompyuter qismlari do‘koniga yashirincha kirib, 43 mln 90 ming so‘mlik tovarlarni o‘g‘irlab, o‘z tanishlariga sotib yuborgan.
Ariza orqali tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olinib, buyumlar rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar