
Quva tumanidagi maktablardan birida direktori bo‘lib ishlaydigan Orifjonning hayoti birdaniga ostin-ustun bo‘lib ketdi. Avvaliga maoshini bir necha oylab ololmay qiynaldi. Oilasining ehtiyojlarini qondirish, bolalarining ta’minotini ko‘rish uchun qarz olishga majbur bo‘ldi. Bir kuni esa, umuman ishdan bo‘shatib yuborildi. Sabab? Hech kim aniq javob bera olmadi. Balki, uning haqiqatgo‘yligi, haqsizlikka chiday olmasligi kimlargadir yoqmagandir?
Orifjon nohaqlikka ko‘nmadi. Avvaliga maoshini undirish uchun sudga murojaat qildi. Sud Orifjonning foydasiga qaror chiqardi, ammo Xalq ta’limi bo‘limi pulni to‘lashdan bosh tortdi. Orifjon taslim bo‘lmadi va Byuroning Quva tuman bo‘limiga yordam so‘rab bordi. Davlat ijrochilarining sa’y-harakati bilan 53 million so‘mlik maosh undirilib, Orifjonning hisob raqamiga o‘tkazildi. Bu g‘alaba uning keyingi kurashi uchun kuch bag‘ishladi.
Endi Orifjon ishga tiklanish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Uning qalbida adolatga bo‘lgan ishonch va haqiqat uchun kurashishga bo‘lgan qat’iy qaror mujassam. Orifjonning bu yo‘ldagi mashaqqatli kurashi hali oldinda. Ammo, u biladiki, haqiqat qachondir yuzaga chiqadi.
Bu voqea oddiy bir o‘qituvchining haqiqat uchun kurashi timsolidir. Uning jasorati va matonati boshqalar uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Hayotda turli sinovlar uchrashi mumkin, ammo aslo taslim bo‘lmaslik, haqiqat uchun kurashish kerak. Zero, haqiqat hamisha g‘olib! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar