date
views 72

Toshkentda ikkita Cobalt avtomobili ustiga daraxt qulab tushdi

Toshkentda ikkita Cobalt avtomobili ustiga daraxt qulab tushdi
Mirobod tumani hokimligi kuchli shamol sabab avtomobillar ustiga daraxt qulagani yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, daraxt qulashi oqibatida insonlarga shikast yetmagan. Ikkita Cobalt rusumidagi avtomashina zarar ko‘rgan.

Hozirda hodisa joyida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Hokimlik noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi. Shuningdek, favqulodda holatlarda 1050 va 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligini eslatib o‘tdi.

O‘z navbatida poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ham Toshkent shahri hududida kuchli shamol kuzatilayotgani, transport vositalarini daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qo‘ymaslik, yosh bolalarni qarovsiz ko‘chaga chiqarmaslikdan ogohlantirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita Cobalt avtomobili ustiga daraxt qulab tushdi