
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
AQSHning Toshkentdagi elchixonasida mamlakat mustaqilligining 249 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov ham qatnashdi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyev bugun, 2 may kuni AQSH Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabul marosimida ishtirok etdi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik mamlakat mustaqilligining 249 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga to‘planganlarni qutladi.

«Davlatlar insonlar singari qo‘shni tanlay olmaydi, ammo yo‘lga chiqish uchun yo‘ldoshlarni tanlashi mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan shunday yo‘ldosh bo‘lishni tanlamoqda. Biz xavfsizlik, suverenitet va farovonlik – hamkorlik va anglashuv orqali birgalikda barpo etilgani ma’qul, deb hisoblaymiz», — deydi elchi o‘z nutqida.



AQSH MustaqilligiSaida MirziyoyevaAbdulla AripovDo‘stlik AloqalariMamlakat MustaqilligiJonatan Henik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar