
Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor "FEED TRADE TAXIATASH" MCHJdan ATB “Mikrokreditbank” foydasiga 643 233 AQSH dollarini undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan Xo‘jayli tumanida joylashgan 8 mlrd. so‘mlik bo‘rdoqchilik majmuasi (mol fermasi)ga qaratish belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan hamda garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulklar tegishli tartibda xatlab qo‘yilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulklar elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
2024 yil mart oyida o‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan binoga xaridor topilmaganligi sababli sotilmagan bo‘lib, ushbu mulklar qarzdorlik evaziga ATB “Mikrokreditbank” balansiga o‘tkazib berilgan.
Majburiy IjroTaxiatosh TumaniQarzdor MCHJMikrokreditbankKo‘chmas MulklarAuksion Savdolar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar