
Toshkent shahrida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro S.E. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida go‘yoki qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasasining 2 bosqichini tugatganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga tibbiyot yo‘nalishiga 3 kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 48 mln so‘m pul berishi kerakligini aytib, ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar