date
views 2 338

Munisa Rizayeva: "Erim mayning bilan shug‘ullanadi!" — Arseniyning faoliyati haqida nimalar ma’lum?

Munisa Rizayeva: "Erim mayning bilan shug‘ullanadi!" — Arseniyning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva va turmush o‘rtog‘i Arseniy bilan bo‘lgan qiziqarli suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bloger tomonidan "Turmush o‘rtog‘ingiz nima ish bilan shug‘ullanadi?" degan savolga Munisa Rizayeva ochiqchasiga javob berdi:

— Erimning katta mayning fermasi bor, u aynan mayning sohasida faoliyat yuritadi, — dedi xonanda.

Suhbat davomida bloger videoaloqa orqali Arseniy bilan bevosita bog‘landi va undan daromad manbai haqida so‘radi. Arseniy bunday dedi:
— Oldin mayning kompaniyasi investori bo‘lganman. Hozir Rossiyada mayning fermam mavjud. Pulni kripto va mayningdan topaman.

Bloger unga savol berdi:
— O‘zbekistonda ham mayning fermasini yuritish mumkinmi?

Arseniy bunga shunday javob berdi:
— O‘zbekistonda mayning faoliyati faqat quyosh panellari orqali qonuniy amalga oshirilishi mumkin.

Bloger kulib javob berdi:
— Unda kel, men tomda quyosh panellari o‘rnatganman, birga ishlaymiz!

Arseniy esa tabassum bilan javob qaytardi:
— Mayli, sinab ko‘ramiz!

Suhbat oxirida bloger:
— Xo‘p, sening ishing nima, qanday daromad topishing haqida tushundim. Kripto, mayning, investitsiya, xullas, moliyaviy texnologiyalar!

Munisa esa so‘zini quyidagicha yakunladi:
— Erim qayerdan katta pul topish mumkin bo‘lsa, aynan shu yo‘nalishlarda harakat qiladi.

Bloger suhbat yakunida:
— Toshkentda kutamiz!

Arseniy esa javob berdi:
— Tez kunda boraman!

Zamin.uz tahririyati Munisa Rizayeva va uning turmush o‘rtog‘iga muvaffaqiyatlar tilaydi. Ularning zamonaviy texnologiyalar asosidagi faoliyati va oilaviy uyg‘unligi ko‘plarga o‘rnak bo‘lishi aniq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Munisa Rizayeva: "Erim mayning bilan shug‘ullanadi!" — Arseniyning faoliyati haqida nimalar ma’lum?