
O‘zbekistonda maktab va kollej o‘quvchilariga o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarida faoliyat yuritish imkonini beruvchi yengil mehnat turlari aniqlandi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida 40 ta kasb va ish turi aks etgan ro‘yxat tasdiqlandi.
Mazkur ro‘yxat Mehnat kodeksi va o‘quvchilarning salomatligi hamda ta’lim jarayoniga ziyon yetkazmaslik tamoyillari asosida tuzilgan. Bu ro‘yxat orqali umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga qonuniy ravishda mehnat qilish imkoniyati yaratiladi.

Unga ko‘ra, o‘quvchilar ofitsiant, sotuvchi, sartarosh, dehqon xo‘jaligi a’zosi, buyumlar qo‘lda qadoqlovchi, yukchi va shu kabi yengil mehnat turlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Yuk ko‘tarish cheklovlari:
- 16–18 yoshdagi o‘quvchilar uchun yuk ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlarda 4,1 kilodan og‘ir bo‘lmagan yuklar bilan cheklanadi;
- 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa, o‘g‘il bolalarga 6,5 kg, qiz bolalarga 3,5 kg dan ortiq bo‘lmagan yuklarga ruxsat beriladi;
- Shuningdek, ular vagonetka va aravachalar yordamida yuk tashish ishlariga jalb etilmasligi lozim.
Qarorda ta’kidlanishicha, 18 yoshga to‘lmaganlar xavfli va zararli mehnat sharoitiga ega ishlarga hech qanday holatda jalb etilmasligi shart.
Zamin.uz tahririyati mazkur tashabbus orqali yoshlarning mehnatga bo‘lgan qiziqishini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yish hamda ularning shaxsiy rivojiga yordam berish maqsad qilinganini e’tirof etadi. Siz bu ro‘yxat haqida nima deb o‘ylaysiz? Qanday kasblar qo‘shilishi yoki chiqarilishi kerak?
O‘zbekistonTa’limMehnatO‘quvchilarYengil MehnatKambag‘allikBandlik VazirligiQaror LoyihaSalomatlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar