date
views 204

Jizzaxda onasidan ajratilgan bolalar topildi

Jizzaxda onasidan ajratilgan bolalar topildi
Oila ajralishganda eng ko‘p aziyat chekuvchilar bu, shubhasiz, farzandlar. Ona mehriga tashna go‘daklarni undan ayirish eng katta fojia. Afsuski, ba’zida shunday ayanchli holatlar uchrab turadi. Ammo qonun va mehr baribir ustun keladi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining qaroriga asosan, fuqaro J.I.dan uning 2016 yilda tug‘ilgan Aziz va 2018 yilda tug‘ilgan Laziz ismli farzandlari onasi G.I. tarbiyasiga olib berilishi kerak edi. Bu haqdagi ijro varaqasi Majburiy ijro byurosining Sharof Rashidov tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bir muddat oldin davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari bilan kichik o‘g‘il Laziz onasi bag‘riga qaytarilgan edi. Lekin, afsuski, ota J.I. katta o‘g‘li Azizni yashirishga urinib, sud qarori ijrosiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, Azizga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlarining tinimsiz izlanishlari va olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, nihoyat qidiruvdagi bolakay Aziz Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan topildi!

Eng muhimi, Aziz nihoyat onasining iliq bag‘riga qaytarildi. Ayniqsa, aka-uka Aziz va Laziz bir-birlarini ko‘rib, quvonchdan osmonga sapchishdi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda onasidan ajratilgan bolalar topildi