
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi – AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Erik Meyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyeva va Meyer ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
Ta’lim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qilingan. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi qadamlar haqida so‘z yuritilgan.

«Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar