
Fuqaro A.A. yo‘l harakati qoidalarini buzib, avtohalokat sodir etdi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi D.A.ga katta moddiy ziyon yetdi.
🔹 Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining qaroriga ko‘ra:
A.A. jabrlanuvchiga 40 mln. 325 ming so‘m moddiy zarar hamda davlat foydasiga 11 mln. 250 ming so‘m jinoiy jarima to‘lashi belgilab qo‘yildi.
28 may kuni ijro hujjati Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi va ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 16 iyun kuni jinoiy jarima so‘mmasi to‘liq undirildi.
Huquqbuzarlik jazosiz qolmaydi!
Barcha fuqarolarni yo‘l qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirib qolamiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar