date

Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib, og‘ir jarohat oldi

Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib, og‘ir jarohat oldi
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan hodisa yana bir bor bolalar xavfsizligi va texnik nazorat masalalariga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi. Tuman hokimligi tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 15 iyun kuni tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan g‘alla o‘rishga mo‘ljallangan kombayn mashinasi bilan bog‘liq noxush holat yuz berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, X.G‘. boshqaruvidagi kombayn fuqaro U.B.ning g‘alla maydonida o‘rim ishlarini amalga oshirish uchun jalb qilingan. Biroq, uskunaning texnik nosozligi sababli kombaynni ta’mirlash uchun U.B.ning uyiga olib borishga to‘g‘ri kelgan.

Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bir vaqtda, ehtiyotsizlik va qarovsiz qolgan U.B.ning 2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘li kombayn ichiga tushib ketgan. Hodisa natijasida bola o‘ng va chap qo‘llaridan og‘ir jarohat olgan va shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan.

Tibbiy xizmat xodimlarining ma’lum qilishicha, jabrlangan bolaning hayotiga jiddiy xavf soluvchi omillar yo‘q, hozirda uning ahvoli barqarorlashgan. Ammo bu voqea barcha ota-onalar va mas’ul shaxslarga bolalar xavfsizligi, xususan qishloq xo‘jaligi texnikasi yoki boshqa ishlaydigan agregatlar atrofida juda ehtiyot bo‘lish lozimligini yana bir bor eslatadi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu kabi holatlarning oldini olish uchun bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, texnik nosozliklarda barcha xavfsizlik qoidalariga amal qilish, va albatta, ta’mirlash paytida atrofda bolalar yo‘qligini ta’minlash zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib, og‘ir jarohat oldi