
Farg‘ona viloyatida erkak tortishuv sabab opasining eri, ya’ni pochchasini ketmon bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchining opasi va pochchasi o‘rtasida avvaldan oilaviy nizolar bo‘lib kelgan. Ularning o‘zaro tortishuvlari qaynona, qaynuka va kuyov o‘rtasida ham munosabatlar sovishiga sabab bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan kun soat 13:00 larda mast erkak tanishi bilan birga qaynonasining uyiga kelgan. Maqsadi bolalarini olib ketish bo‘lsa-da, baqir-chaqir qilib, qo‘shnilarni uyg‘otgan.
Buni eshitgan qaynuka ko‘chaga chiqqan. Shu vaqtda qaynuka bilan pochcha o‘rtasida tortishuv boshlangan. Jahli chiqqan qaynuka pochchasi va uning o‘rtog‘ini ketmon bilan bir necha marta urib, jarohat yetkazgan.
Tan jarohatlari oqibatida sudlanuvchining opasini eri shifoxonada vafot etgan. Sudlanuvchi esa 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Kadr: YouTube “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar