
Soliq to‘lash - mamlakat iqtisodiy rivoji va ijtimoiy barqarorligining muhim sharti. Soliq qonunchiligiga rioya qilmaslik, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik esa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining Paxtakor tumani bo‘limiga "S.L." klasterining soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan. MIB xodimlari qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborishgan. Natijada, qarzdor "S.L." klasteriga tegishli Niva rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan.
Biroq, ijro harakatlari davomida qarzdor mazkur avtotransport vositasini xatlovdan yashirishga uringan. Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, mazkur avtotransport topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash - har bir yuridik va jismoniy shaxsning burchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar