date

Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva prezident Shavkat Mirziyoyevni 68 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi.

“Tug‘ilgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin, dadajon!

Siz men uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli bo‘lib kelgansiz. Men Sizning cheksiz mehringizdan quvvat olib ulg‘aydim.

Dadajon! Tun-u kun Sizning o‘y-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bag‘ishlagansiz. Chunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.

Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda ko‘rsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.

Allohdan faqat bir narsani so‘rayman – Sizni doim O‘z panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...

Siz dunyoga kelgan kun barchamizga muborak bo‘lsin, dadajon”, – deya tilak bildirdi Saida Mirziyoyeva.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi