Mirishkor tumanida fuqaro tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz, noqonuniy tarzda ulangani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha fuqaroning uyida joriy yil 26 aprel kuni gazdan foydalanish ahvoli ko‘rikdan o‘tkazilganida, fuqaro gaz hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulanib foydalanib kelganligi aniqlandi.
Natijada hisob-kitoblarga ko‘ra fuqaro davlat manfaatlariga 15 mln. 493 ming zarar yetkazgan.
Mazkur zarar undiruvi Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman bo‘limiga yo‘naltirildi.
Olib borilgan ijro harkatlari natijasida fuqaro davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qopladi.
Unutmang: Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish — bu jinoyat! Uning albatta javobgarligi bor!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar