EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvni sabrsizlik kutmoqda. U bu haqda Davlat rahbariga yo‘llagan tabrik maktubida so‘z yuritgan.
"Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. EXHT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va Sizning rahbarligingizda o‘zaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman.
Bugun barchamiz xavfsizlik borasida ko‘plab global tahdidlar bilan yuzma-yuz kelayotganimizda EXHT mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. EXHT O‘zbekistonda o‘z prinsip va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettirishga tayyor.
EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorligimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Siz EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, EXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutib qolaman", — deb yozadi EXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi