Majburiy ijro byurosining Zomin tuman bo‘limi tomonidan tijorat banki foydasiga 200 million so‘m kredit qarzdorligini undirish haqidagi sud qarori ijro etildi.
Qarzdor A.S. kredit majburiyatlarini bajarmagani sababli, sud uning garovdagi mulki — «KIA Sportage» avtomobilini undiruvga qaratish haqida qaror chiqardi.
MIB xodimlari tomonidan A.S. bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, u qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortgan va garovdagi avtomobilni yashirib yurgan. Shu sababli avtomobil qidiruvga berildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli «KIA Sportage» avtomobili Zomin tumani markazida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Avtomobil elektron onlayn auksionda sotilib, tushgan mablag‘dan qarzdorlik to‘liq qoplanadi.
Kredit qarzi tufayli «KIA Sportage» musodara qilindi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar