Chechenistonda Muhammad (s.a.v.) kosalaridan suv ichishdi

Chechenistonda Muhammad (s.a.v.) kosalaridan suv ichishdi
Chechenistonda Muhammad (s.a.v.) kosalaridan suv ichishdi

Checheniston poytaxti Grozniy shahridagi «Checheniston yuragi» masjidida payg‘ambar Muhammadning (s.a.v.) tavallud ayyomiga bag‘ishlab unga oid buyumlar va yodgorliklar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.
Payg‘ambarning (s.a.v.) buyumlaridan tashqari, ko‘rgazmadan uning sahobalari, shuningdek, chechen va ingush diniy rahnamolariga oid buyumlar ham o‘rin olgan. Masjiddan chiqishda musulmonlarga plastik idishlarda payg‘ambarning qadahidan quyilgan suv tarqatildi.

«Butun mintaqadan, shuningdek, mamlakatimizning boshqa sub’ektlaridan minglab musulmonlar bugun payg‘ambarimiz Muhammadning (s.a.v.) tavallud ayyomini nishonlash maqsadida to‘planganidan juda xursandman. Barchamiz bir oiladay ushbu kunda quvonmoqdamiz. Qalblarimiz eng sof his-tuyg‘ularga to‘la, biz otalarimiz erida ushbu yorqin sanani erkin, tantanali va keng miqyosda nishonlayotganimizdan baxtlimiz», — dedi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bayram tadbiridagi chiqishida.

Mavlud ayyomiga bag‘ishlangan tadbirlar Chechenistonning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar