
Microsoft asoschisi, milliarder va saxovatpesha Bill Geyts AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan suhbati chog‘ida hayotning turli sohalariga yangilanishlarni kiritishning muhimligi xususida so‘zlab berdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda, deb ma’lum qilmoqda "Kun.uz" nashri.
Agentlikning ta’kidlashicha, suhbat davomida “go‘shakning narigi tarafida” iqlim o‘zgarishi bilan kurashga katta hissa qo‘shgan, boshqasida esa – bu o‘zgarishni o‘ylab topilgan narsa, deb baholovchi inson bo‘lgan.
Suhbat deyarli ikki hafta avval o‘tkazilib, sakkiz daqiqa davom etgan.
“Men gapirgan narsalarning eng muhimi bu yangilanishlarni nafaqat energetika, balki tibbiyot va ta’lim jarayoniga ham tatbiq etish edi. Shuningdek, men bu (shunday texnologiyalarni rivojlantirish) amerikaning etakchiligi uchun katta o‘rin tutishini ham aytib o‘tdim”, - degan Geyts. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar