Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida hokimiyat organi mansabdor xodimining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
DXX matbuot xizmati xabar berishicha, Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari o‘zining mansab mavqeyidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan MCHJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
Shundan dastlab 20 ming dollarni, qolgan 10 mingini esa hosil yig‘imidan so‘ng berishi kerakligini aytadi.
Hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 20 ming dollarni o‘z xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar