date

Qoidabuzar qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga joylandi

Qoidabuzar qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga joylandi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qarzdorlarning mulki turgan joyni aniqlab, ularga qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida viloyat bo‘ylab samarali qidiruv tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan joriy yilning o‘tgan davrida, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, qarzdorlarga tegishli 200 ga yaqin avtotransport vositalari topilib, jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Misol uchun, byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi ish yurituvidagi, fuqaro O.Naxalboyevdan 18 ta jami 13,6 mln. so‘m ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorga tegishli “Malibu” rusumli avtomashina mazkur reyd davomida topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda avtomashinani auksion savdosiga chiqarish chorasi ko‘riladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

MIB Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoidabuzar qarzdorning avtomashinasi jarima maydoniga joylandi