Haydovchi 82 marta qoida buzgan va ijtimoiy tvrmoqlarda o‘zining e’tirozlarini bildirishga ham ulgurgan edi.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvida qarzdor fuqaro X.O.dan yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ijro ishlari ish yurituvga kelib tushgan.
Qarzdor fuqaro bu haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, qarzdorlikni bartaraf etmagan.
Shundan so‘ng, qarzdorga tegishli "Lacetti" avtotransport vositasi qidiruvga berilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu avtotransport vositasi topilib, xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Agarda, qarzdorlik qoplanmasa, avtotransport vositasi auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar