Joriy yil 17-sentyabr kuni taxminan soat 17:45 atrofida Toshkent shahar Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Holatda Spark rusumli yengil avtomobil hamda skuter to‘qnashib ketgan. Zarbaning ta’siri oqibatida skuter haydovchisi va unda bo‘lgan yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilgan va jabrlanuvchilarga dastlabki shifokorlik yordami ko‘rsatilgan.
Ayni paytda mazkur voqea yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, surishtiruv jarayonidan so‘ng hodisaga aniq huquqiy baho beriladi. Mutasaddilar barcha holatlarni o‘rganib chiqishini, aybdorlik darajasi va kelib chiqish sabablari yuzasidan qonun doirasida chora ko‘rilishini ma’lum qilishdi.
Bu kabi holatlar yo‘llarda yanada ehtiyotkorlik va harakat qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini yodga solmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!