
Afsonaviy Gollivud aktyori Arnold Shvarsnegger o‘zining Tvitter sahifasiga nonushtasini chumchuq bilan baham ko‘rayotgani aks etgan videolavhani joylashtirdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor stol atrofida o‘tirib, nonushta qilayotgani aks etgan. Yoniga uchib kelgan chumchuqqa u non bo‘laklarini tutgan. Aktyor o‘zining bu harakatini “Nonushtamni boshqalar bilan birga baham ko‘rishni yoqtiraman”, deb izohlagan.
Videorolik 1,7 ming retvit va 4,5 ming layk to‘plagan. Shvarsneggerning o‘zini ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “himoyasiz va och-nahor qushlarning do‘sti”, deb nomlagan.
[media=https://youtu.be/4vWCBCrlXHE] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar