22:34 / 13.01.2017
6 777

Omega 4 soat ichida Instagram orqali 11 million evro ishlab topdi

Omega 4 soat ichida Instagram orqali 11 million evro ishlab topdi

Shveysariyaning Omega soatlar brendi o‘z tarixida birinchi marta Instagram orqali sotuvlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida 13 yanvar, juma kuni brendning matbuot-xizmatida ma’lum qilindi.

4 soatu 15 daqiqa va 43 soniya ichida Instagram'da Speedmaster “Speedy Tuesday” Limited Edition modelining barcha 2012 dona nusxasi sotib bo‘lindi. Soat narxi - 5800 Shveysariya franki (taxminan 5400 evro); umumiy daromad 11,7 million Shveysariya frankini (taxminan 11 million evro) tashkil qildi.

Soat dizayni Omega Speedmaster'ning 1978 yilda NASA buyurtmasiga ko‘ra ishlangan “Alaska Project III”modelidan ilhomlanib yaratilgan. Yangi model zanglamaydigan po‘latdan ishlangan satin korpus va yirik raqamlar bilan ta’minlangan. Yarimshaffof kumush-oq rangdagi hisoblagichlar qora siferblat fonida qora alyuminiy bilan o‘ralgan. Barcha belgi va hisoblagichlar yorqin lyuminessent bilan qoplangan. Modelda 1861 kalibri qo‘llangan. Orqa qopqoqda dengiz otining tasviri tushirilgan, atrofida esa yozuv bor: Speedy Tuesday Anniversary — A Tribute To Alaska Project III, shuningdek cheklangan seriya tarkibida nusxa raqami mavjud.

Omega prezidenti va ijrochi direktori Reynald Eshlimann Speedmaster muxlislarini "o‘z sevimli soatlariga juda ishtiyoqmand va Omega brendiga sodiq", deb atadi. U brendning virtual jamiyatiga bo‘lgan munosabatni bebaho, deya baholadi. "Biz mijozlar ehtiyojini qondirishdan manfaatdormiz, axir", - qo‘shimcha qildi u.

Shveysariyaning soat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Omega kompaniyasiga 1848 yilda La-Sho-de-Foneda Lui Brandt tomonidan asos solingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Omega 4 soat ichida Instagram orqali 11 million evro ishlab topdi