Kanadada jinoyatchilar o‘g‘irlashgan mashinalarini yonilg‘i baki to‘la holda egasiga qaytarishdi. Bu haqda Facebook’da mashina egasi Josh Kuk ma’lum qilgan. Avtomobil o‘g‘irlangandan bir kun o‘tib egasiga qaytarilgan, deya yozadi Kun.uz sayti.
Ushbu voqeani yoritgan CBC News nashrining ta’kidlashicha, Kukning mashinasi u pissani mijozga etkazganda o‘g‘irlab ketilgan. Kuk yomon ob-havo sharoiti sababli o‘zining 2008 yildagi Saturn Astra mashinasini avariyaviy signali va motorini yoqiq holda qoldirgan. Kanadalik bino ichiga kirganda motor shovqinini eshitgan va ko‘chaga yugurib chiqqan, biroq ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uning mashinasi katta tezlikda undan uzoqlashib ketgan.
Kuk hamma ishini tashlab, yaqin oradagi klinikaga borib, u erdan polisiyani chaqirtirgan, uning mobil telefoni mashinada qolib ketgan bo‘lgan. Bo‘lgan voqeadan xabar topgan klinika xodimlari unga rahmlari kelib, pissasini sotib olib, yana yaxshigina choychaqa ham berishgan.
Ertasi kuni Kukning tanishi jinoyat joyi yonidan o‘tayotib, Kukning avtomobilini ko‘rib qolgan. "Astra" o‘zi o‘g‘irlangan joydan 10 metr berida tashlab ketilgan bo‘lgan. Mashinaning gabarit chiroqlari yoqiq va qulflar ochilgan bo‘lgan, mashinaning o‘t oldirish kaliti esa aniqlanmagan.
Voqea joyiga zaxira kalit bilan etib kelgan Kuk mashinasiga nimadir jiddiy shikast etganini aniqlamagan. Shu bilan birga u mashinani boshqarayotganda podveska, transmissiya va chiqindilar chiqarish tizimida ba’zi muammolar borligini qayd qilgan, biroq hammasidan uni liq to‘la bak hayratlantirgan.
Jabrlanuvchi avtomobilini polisiyachilarga tergovni o‘tkazishlari uchun topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi