13:59 / 28.01.2017
8 828

12 ming ayol jinsiy qullikdan ozod etildi

12 ming ayol jinsiy qullikdan ozod etildi

67 yoshli nepallik ayol minglab qizlarni jinsiy qullikdan ozod etgani uchun Hindistonning nufuzli mukofotlaridan biriga loyiq ko‘rildi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

Anuradxa Koyralaning aytishicha, u jabrdiydalarning jismoniy va ruhiy og‘riqlarini ko‘rib, bu vaziyatga chetdan qarab tura olmagan. Unga atalgan Padma Shri mukofoti mart-aprel oylarida topshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ming nafar ayol va qizlar jinsiy savdodan qutqarib olingan va reabilitasiya qilingan. Shuningdek, 45 ming nafar ayollarning sotilishining oldi olingan.

Mutaxassislarning aytishlariga ko‘ra, dunyoda qullikka tushib qoladigan jabrdiydalarning 40 foizini aynan hindistonliklar tashkil etadi.

Sobiq o‘qituvchi Anuradxa Koyrala 1993 yilda “Nepaldagi ona uy” nomli xayriya jamiyatiga asos soldi. Bu jamiyat jinsiy savdo jabrdiydalariga, oilalari yoki jamiyat tomonidan quvilgan insonlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Tashkilot bu boradagi jinoyatchilarni qo‘lga olish yo‘lida hukumat va polisiya bilan hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 ming ayol jinsiy qullikdan ozod etildi