date

Tungi klubda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan yigit qamoqdan ozod qilindi

Tungi klubda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan yigit qamoqdan ozod qilindi

Toshkentda bahordagi tungi klub oldida sodir bo‘lgan janjal ishi bo‘yicha yangi qaror chiqdi. Bir zarba bilan fuqaroni komaga tushirgan A.Sh. avval 8 yil 1 oyga qamalgan bo‘lsa, apellyatsiya sudi 9 dekabrda hukmni yengillatib, uni ozodlikka chiqardi.

Sud jazoni 4 yil 1 oylik ozodlikni cheklashga almashtirdi. U qamoqda o‘tkazgan 263 kun hisobga olinib, qolgan 3 yil 3 oy 11 kunni erkinlikda o‘taydigan bo‘ldi. Sud zalidayoq qo‘yib yuborildi.

Jabrlanuvchiga qoplanishi kerak bo‘lgan 2,6 mlrd so‘mlik zarar to‘liq qoplangani tan olindi, qolgan 392 mln so‘m esa aybdorga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, janjal 16 mart kuni Yakkasaroyda ro‘y bergan. Mojaroni ajratishga urinayotgan B.A. qattiq jarohat olgan, A.Sh. esa Qozog‘istonda ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Tungi klubda erkakni urib komaga tushirib qo‘ygan yigit qamoqdan ozod qilindi