
Ichki ishlar organlari xodimlari bir ayolning qo‘lidan puli,uy xujjatlari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
Gap shundaki, Navoiy viloyati Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limiga 47 yoshli ayol murojaat qilib, noma’lum shaxs qo‘lidan ichida 50 ming so‘m puli, uy xujjatlari va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini Nurota tumanida yashovchi 34 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar