Sharqiy evropalik bir guruh kishilar Ispaniyadagi restoranda ziyofat uyushtirdi. Tadbirning oxirida mehmonlar 2000 evrolik hisobni yopmasdan muassasadan qochib ketdi. Bu haqda «Vesti.ru»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
Ruminiyalik 120 nafar mehmon 27 fevralda Leon provinsiyasi Bembibre shahridagi «Karmen» restoranida ikki nafar yosh bolaning cho‘qintirish marosimini nishonladi. Mehmonlar gazak, asosiy ovqat va 30 butilka o‘tkir alkogol ichimlik iste’mol qildi. Desert tortilishidan oldin tadbir ishtirokchilarining hammasi raqs tushish bahonasida o‘rnidan turib, restorandan qochib chiqdi va mashinalarga o‘tirib, g‘oyib bo‘ldi.
Restoran egasi Antonio Rodrigesning aytishicha, mehmonlar oldindan kelishgan holda bir daqiqa ichida chiqib ketgan, ofisiantlardan hech kim ularni to‘xtatib qola olmagan. Ziyofat oldidan mehmonlar 900 evro to‘lagan, ammo 2000 evrodan iborat to‘lovning qolgan qismini amalga oshirmasdan qochib ketgan.
Polisiya qidiruv olib bormoqda, biroq Rodrigesning o‘ylashicha, tartibbuzarlarni topish imkoniyati kam. Mehmonlar mahalliy aholi vakillari emas. Buyurtma qilishda esa soxta ismlardan foydalanilgan. Mehmonlar qochib ketgan avtomobillarning raqamlarini hech kim eslab qola olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”