Londonning janubidagi Kenli tumanida yashovchi Roman ismli 4 yoshli bola uyda onasi to‘satdan hushini yo‘qotganda, iPhone smartfonidagi Siri ovozli yordam dasturi ko‘magida onasining hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Dastlab jajji Roman onasining katta barmog‘i yordamida telefonni blokdan chiqargan. So‘ngra Siri dasturiga kirib, uni qutqaruv xizmatining 999 raqami bilan bog‘lashni so‘ragan. Roman operatorga onasi "o‘lganini" – ko‘zini yumib, nafas olmayotganini aytgan. Operator zudlik bilan bola ta’riflagan manzilga tez yordam mashinasi va polisiyani jo‘natgan. Ayol zudlik bilan yaqin oradaga shifoxonaga etkazilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.
Roman voqea yuz berganda uydagi yagona "erkak" bo‘lgan, deb yozmoqda Gizmodo nashri. U bilan ukasi ham bo‘lgan va ko‘rinishicha, u hali juda kichik yoshda. Roman esa bunday qaltis holatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, nafaqat barcha ovozli buyruqlarni to‘g‘ri bajara olgan, balki operatorga qayerda yashashlarini uy manzilini aniq bilmagan holda tushuntirib bera olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi