
AQShning Luiziana shtati sudi autizmdan aziyat chekuvchi 6 yoshli bolani otib tashlagan polisiyachi Derrik Steffordni 40 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, sud 33 yoshli Steffordni ataylab qilinmagan qotillikda aybdor deb topgan.
2015 yil noyabrda Luizianadagi Marksvill shahrida Stefford jinoyatda gumon qilingan erkak mashinada qochib ketayotganda uni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Polisiyachi ta’qib vaqtida gumonlanuvchining mashinasiga qarata o‘q uzgan. Oqibatda erkak og‘ir jarohat olgan, mashinada u bilan birga bo‘lgan 6 yoshli o‘g‘li Jeremi Mardis halok bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar