
Hilcorp Alaska neft-gaz kompaniyasi Alyaska qirg‘oqlaridagi Kuka ko‘rfazida neft to‘kilishi haqida xabar berdi. Bu esa oq kitning noyob turiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Amerika Biologik xilma-xillik markazi (Center for Biological Diversity)ning matbuot reliziga asoslanib Kun.uz shu haqida ma’lum qildi.
Manbada ta’kidlanishicha, u erda Kuka ko‘rfazidagi oq kitlarga tahdid soluvchi neft plyonkalari hosil bo‘lgan. Bugungi kunda oq kitlarning bu noyob turi bor-yo‘g‘i 340 tani tashkil qiladi.
Neft to‘kilishi sabablari hozircha noma’lum. Manbaga ko‘ra, u kompaniyaning dekabr oyida ro‘y bergan gaz muammosiga bog‘liq emas.
"Men neft to‘kilishi haqidagi xabarni dastlab 1-aprel hazili deya qabul qildim, chunki Hilcorp ketma-ket yana bir kamchilikka yo‘l qo‘yishi mumkin emasdek tuyulgandi", - dedi markazning okean dasturlari bo‘yicha direktori Mieko Sakashita.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "okeanda neft maydonini yaratishning xavfsiz usuli bo‘lmaydi". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar