Biroz avval, joriy yilning may oyidan boshlab Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida alohida xizmat ishga tushirilishi, haydovchilar qoidabuzarlik va jarimalar haqida shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumot olishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.
May oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan mazkur xizmat haqida Elektron hukumat markazining Axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aziz Azimov dastlabki ma’lumotlarni berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Jarima haqidagi ma’lumot qanday olinadi?
Haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirib, avtomobilning texnik guvohnomasi raqami va avtomobilning davlat raqamini kiritish orqali, qoidabuzarlik qayd etilgani, uning miqdorini bilishlari mumkin.
Agar chorrahaga o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarlikni qayd etsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.
Bundan tashqari, avtomobil egasi shaxsiy kabinetiga qo‘l telefoni raqamini kiritib, SMS-ogohlantiruv xizmatini yoqtirgan bo‘lsa, jarima haqida xabar uning qo‘l telefoniga yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi