
Tailandda ilon yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan motosiklchini tishlab olishiga bir baxya qoldi. Mashable portali ushbu holat videoroligiga e’tibor qaratgan deb yozadi Kun nashri.
"Siz, aftidan, motosiklda ketish chog‘ida ilon tomonidan hujumga uchrash ehtimoli kam, deb o‘ylasangiz kerak. Biroq, Tailandning Lampangida hammasi bir qadar boshqacha shekilli", - deya ta’kidlaydi nashr muxbiri.
Rolikda ilonning haydovchiga tashlanishi, buning oqibatida u bir yonga qaytirilishga va ilon tishlamasligi uchun oyog‘ini ko‘tarib olishga majbur bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Ko‘p ehtimol bilan ilon motosikl ortidan ketayotgan mashina tagida qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar