2017 yil 17 aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan Qibray tumaniga o‘tadigan “Qoramurt” blok-postida xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlar tomonidan Toshkent viloyatiga chiqib ketayotgan fuqaroga tegishli Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Haydovchi o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib bilan ishlash inspeksiyasi boshlig‘i Bo‘ronov deb tanishtirgan va xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan.
Surishtiruv jarayonida ushbu guvohnoma qalbakilashtirilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi ya’ni rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va undan foydalanish jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bo‘ronovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaevning matbuot brifingida aytishicha, mazkur fuqaro o‘zidagi soxta guvohnomadan foydalangan holda turli jinoyatlarni, firibgarliklarni amalga oshirgan bo‘lishi ehtimol. Shu sababli, quyidagi suratdan aziyat chekkan, jabrlangan, aldovi uchganlar bo‘lsa, 102 qisqa raqami orqali telefon qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlari so‘raladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi