Istanbuldagi fojia: 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi

Istanbuldagi fojia: 6 yoshli o‘zbekistonlik bola halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan ayanchli baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Mudhish voqea shaharning eng gavjum nuqtalaridan biri sanalgan Fotih tumanidagi Laleli tramvay bekatida ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, voyaga yetmagan bola ota-onasi va yaqinlari bilan sayyohlik maqsadida Turkiyaga kelgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u tramvaydan tushganidan so‘ng transport vositasi bilan bekat oralig‘ida qisilib qolgan. Tramvay harakatni davom ettirishi natijasida bola og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqeaning aniq sabablari va barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, zarur konsullik hamda huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, konsulxona xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarni, ayniqsa, yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish vaqtida farzandlar xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi. Mutaxassislar serqatnov hududlarda bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik muhim ekanini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar