Traktor yo‘lini to‘sib, ona qush tuxumlarini saqlab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu video minglab insonlarni befarq qoldirmadi. Unda kichkina ona qush o‘z tuxumlarini himoya qilish uchun yaqinlashib kelayotgan traktor qarshisiga chiqib, yo‘lini to‘sishga urinayotgani aks etgan.
Kadrlar davomida qush hech qanday qo‘rquvni sezmay, ulkan texnika qarshisida ham ortga chekinmasdan turib oladi. Uning bu harakati tomoshabinlarga chuqur ta’sir qoldirib, ona mehrining naqadar kuchli ekanini yana bir bor isbotlaydi.
Mazkur holat ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan hayrat va hurmat bilan qarshi olinmoqda. Ko‘pchilik izohlarda hatto eng kichik jonzot ham o‘z farzandlari uchun jonini ayamaydigan darajada jasur bo‘lishini ta’kidlamoqda.





























Izohlar 0
…