Yo‘llar chigirtkalar bilan qoplandi: vaziyat yuzasidan izoh berildi

Yo‘llar chigirtkalar bilan qoplandi: vaziyat yuzasidan izoh berildi

Bu yil ham so‘nggi yillarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonning g‘arbiy hududlarida chigirtkalar bosqini kuzatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda A-380 yo‘lining Buxorodan o‘tgan qismida olingan videolar tarqaldi, bu videolarda avtomobillar tashqi qismi va binolar devorlari chigirtkalar bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu videolarga munosabat bildirib, mazkur holat chigirtkalarning har yili kuzatiladigan mavsumiy ko‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lib, lokal tusga egaligi, hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Xabarda bu hududlardagi chigirtkalar bilan bog‘liq vaziyat vazirlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan to‘liq nazoratga olingani, “xavotirga o‘rin yo‘qligi” qayd etilgan.

Bu borada har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda mavsum oldi va mavsum davrida kimyoviy ishlovlar olib borilishi eslatilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar