Toshkentdagi maktab direktori byudjet mablag‘larini sarflab yubordi

Toshkentdagi maktab direktori byudjet mablag‘larini sarflab yubordi
Joriy yilning 2 may kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktoriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U maktabga tegishli pul mablag‘larini sarflab yuborganlikda ayblanmoqda.

Direktor o‘zining lavozimidan foydalangan holda umumiy 7 mln so‘m hisobidagi mablag‘ni o‘g‘irlagan va o‘zi uchun ishlatgan.

Ushbu fakt asosida 167-2-modda “v”, “g” bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan (o‘zlashtirish yoki sarflash yo‘li bilan o‘g‘irlash).

Shu hollarda o‘rinli savol tug‘iladi: ta’lim-tarbiyani o‘rgatuvchi shunday muqaddas dargoh rahbari bu kabi pastkashlikka qo‘l urgan bo‘lsa, unda o‘quvchi bolalar adashsa, kim to‘g‘ri yo‘lga soladi? Axir, ustoz va murabbiylar yoshlarga o‘rnak bo‘lishi lozim emasmi?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar