Olmazor tumanida ikki qiz ishtirokida g‘alati voqea ro‘y berdi. Ushbu tushunarsiz holatga Olmazor tumani IIBB tergov bo‘limi katta tergovchisi Lola Rajabova oydinlik kiritdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.
Barchasi 2014 yilda boshlangan edi. 18 yoshli Sitora Telegram messenjeri orqali o‘zini Abdurasulxo‘ja deb tanishtirgan yigit bilan tanishgan. Yoshlar bir yil davomida yuzma-yuz ko‘rishmay, faqat messenjer orqali muloqot qilishgan. Qizning ishonchiga kirgan yigit unga nima qilish kerakligi borasida buyruq bera boshlagan.
"Yigit Sitoraga u yoqtirgan qiz ekanini bahona qilib, unga internetda o‘tirish, dugonalari bilan muloqot qilishni taqiqlagan, shu bilan birga uni namoz o‘qishga chorlagan. Abdurasulxo‘ja Sitoraga Navoiy nomidagi Kino saroyi oldida o‘z kureri bilan uchrashuv belgilaydi. Qiz rozi bo‘ladi, ertasiga kurer va qiz uchrashadi - Sitora o‘zining iPhone 5s telefonini kurerga beradi, evaziga undan oddiy tugmali telefon oladi", - deydi tergovchi.
Shundan keyin ularning munosabatlari Telegram'dan eski SMS-xabarlarga ko‘chadi. 2015 yil yakuniga etayotgan edi. Sitora "yigiti"ning iltimosiga ko‘ra, kurer orqali unga turli sovg‘alar, pullar va hatto shaxsan o‘zi tayyorlagan taom hamda pishiriqlardan berib yuborardi.
Biroq 2016 yilning boshida vaziyat boshqacha tus oldi. Xuddi shu yigit Telegram'da Sitoraning 15 yoshli singlisi Mubina bilan yozishishni boshlaydi. Ssenariy o‘sha-o‘sha... Yigit o‘zini Jahongir deb tanishtiradi, to‘liq qizning ishonchiga kiradi, sevgi izhor qilib, uylanishga va’da beradi. Keyin qimmatbaho Sumsung telefonini oddiy tugmali qurilmaga almashtiradi. Muammolarni ro‘kach qilib, unga moliyaviy yordam berishni so‘raydi. Singil opasidan o‘tib tushib, "sevgilisi"ga uydagi qanchadan-qancha buyumlarni etkazadi, u hatto qarindoshlarining uyidan ham o‘g‘irlik qilishga o‘tadi. Tergov bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy ziyon 80 million so‘mdan ziyodni tashkil qiladi.
"Eng qizig‘i, uydan pullar va qimmatbaho buyumlar yo‘qolganda ota-ona bunga e’tibor berishmagan. O‘sha paytlar ularning uyida qurilish ketayotgan, ishchilar birin-ketin almashayotgan bo‘lgan. Shu bois ota-ona buyumlarning yo‘qolganini sezgan taqdirda ham, buni qizlaridan emas, quruvchilardan ko‘rgan", - deya izohlaydi Lola Rajabova.
Yigit opa-singilni mohirona laqillatgan. Qizlar uning aytganini bajarmagan taqdirda "munosabatlar"dan ota-onasini xabardor qilish hamda ularning behayo suratlarini yo‘llash bilan tahdid qilgan. Bundan tashqari, kurer orqali ularga dimedrol etkazib turgan. Ota-onasi har xil savollar bergan taqdirda shu doridan ichishni tavsiya qilgan.
Birinchi bo‘lib qizlarning xolasi tashvishlana boshladi, zero ular kelib ketganidan keyin uydan buyumlar yo‘qola boshlagandi, boz ustiga ularning o‘zi ham juda o‘zgarib qolgandi. Qizlarning ota-onasi bilan gaplashgan xola Mubinani ochiq suhbatga chorladi. Oxir-oqibat qiz dosh bera olmay, barchasini so‘zlab berdi. Qizlarning ota-onasi yigit bilan ko‘rishmoqchi bo‘lishdi, biroq buning iloji yo‘q edi, zero farzandlarining o‘zi faqat messenjer orqali munosabat o‘rnatishgandi. Mubinaning voqeasini eshitgan Sitora unda ham xuddi shunga o‘xshash holat ekanini aytdi. Shundan keyin ota-ona milisiyaga ariza yozishga majbur bo‘ldi.
Tergovchilar biling orqali xabarlarning qayerdan kelayotganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Deyarli ikki yil mobaynida qizlarni laqillatgan shaxs Sitoraning dugonasining qarindoshi - Muhabbat ismli yosh juvon bo‘lib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Sitora ayolga dugonasi uning yigitini tortib olagini va buning uchun qasd olmoqchi ekanini aytib shikoyat qilgan. Muhabbat qizning telefon raqamini olgan va bu voqealar boshlangan.
Natijada uch kishi tergovga jalb qilindi: Muhabbat va uning ikki jiyani - kurerlik vazifasini bajargan Dilmurod va Sabina. Sud hukmiga ko‘ra, Muhabbat va Dilmurod 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi, Sabina esa sud zalida jabrlanuvchilarning unga nisbatan shikoyati yo‘qligi sabab ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»