21:40 / 06.05.2017
7 947

Qrimda 100 kilogrammlik cheburek tayyorlanib, rekord o‘rnatildi

Qrimda 100 kilogrammlik cheburek tayyorlanib, rekord o‘rnatildi
Qrimda Xidirlez milliy bayramiga og‘irligi - 100 kilogramm, uzunligi - 2,5 metr va kengligi 1,5 metr bo‘lgan cheburek tayyorlandi. Kun.uz da ma’lum qilinishicha, uni tayyorlash uchun taxminan 14 kilogramm go‘sht, 75 kilogramm un va bir tonnadan ortiq yog‘ sarflangan.

Cheburekni tayyorlashda ishtirok etgan oshpazlarning aytishicha, pishirish jarayoniga atigi ikki daqiqa ketgan, lekin yog‘ning qizishiga bir yarim kun kerak bo‘ldi. Cheburekni tayyorlashda 18 kishi qatnashgan.

"Men shon-shuhrat ketidan quvmayman, shunchaki odamlarni hayratlantirish yoqimli, chunki bu bevosita mening mehnatim. Bu - dunyodagi eng katta cheburek. Biz rekord o‘rnatdik. Bundan avvalgi rekordchi-cheburekning uzunligi 2,02 metrni tashkil qilgan", - deydi oshpaz Emil Aliev.

RIA Novosti

Cheburek tayyorlash 180 ming rublga tushdi. Dunyodagi eng katta cheburekning ta’mini tatish qrim-tatarlarning Xidirlez er bayramiga bag‘ishlangan xalq sayllarida qatnashayotgan barcha kishilarga nasib etdi.



arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qrimda 100 kilogrammlik cheburek tayyorlanib, rekord o‘rnatildi