Irlandiya sohillari yaqinida havaskor baliqchi, 26 yoshli Ben Bond 6 oyquloqli ulkan akulani qarmoqqa ilintirdi. Ta’kidlanishicha, tutilgan akulaning uzunligi 7,5 metrni, og‘irligi esa 680 kg ga yaqinni tashkil qilgan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Tutilgan akula Evropada qarmoqqa tutilgan bu turdagi eng katta akula bo‘ldi. Baliqchi bir o‘zi akula bilan 1,5 soatlik kurashdan keyin uni sirtga chiqarib, suratga olgan va yana ozodlikka qo‘yib yuborgan.
Bondning aytishicha, u avval ham akulalar tutgan, biroq bunday katta akulani birinchi marta tuta oldi. Uning aytishicha, u akulani suvdan chiqarayotganda qo‘rquv his qilmagan.
"Menimcha, eng yoqimlisi u suzib ketayotganini kuzatish bo‘ldi. Men bunday ajoyib jonzotni o‘ldirishni istamadim", deb aytgan Bond.
Irlandiyaning baliqchilik boshqarmasi vakillari suratga olingan akulani "dengiz tublarining haqiqiy mahluqi" deb atashgan.
Olti oyquloqli akula ko‘p oyquloqlilar oilasining eng katta vakili hisoblanadi. Bunday akulalarning uzunligi odatda 5,5 metrdan oshmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»