MIB: Tabiiy gaz pulini to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

MIB: Tabiiy gaz pulini to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Qarzdor fuqarodan “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 18,3 mln. so‘m qarzni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 26.05.2026 yildagi qarori bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan.

Qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning “KIA Seltos rusumli avtomashinasi xatlandi.

Natijada 18,3 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, sud qarori ijrosi ta’minlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar